Pokiston Hindiston Bosh vazirini mamlakatga taklif qildi

Olam

image

Pokiston Hindiston Bosh vaziri Narendra Modiga 2024 yil 15-16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) hukumat rahbarlarining yig‘ilishida ishtirok etish uchun rasmiy taklif yubordi. Bu haqda “The Express Tribune” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pokiston sakkiz yil ichida birinchi marta Hindiston rahbarini mamlakatga taklif qildi. Oxirgi marta, 2016 yilda Modi Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga taklif qilingan edi, biroq keyinchalik Hindiston bu tadbirlarni boykot qilgan.

Nashrning yozishicha, Islomobod va Nyu-Dehli o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holatini hisobga olib, Hindiston Bosh vaziri SHHTning bo‘lajak yig‘ilishida yuzma-yuz uchrashuv o‘rniga virtual ishtirok etish formati bilan cheklanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab u oltita davlatdan iborat edi: Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston. 2017 yilda ularga Hindiston va Pokiston, 2023 yilda esa Eron qo‘shildi. 4 iyul kuni Ostonadagi sammitda Belarusni uyushmaga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing