Podstansiyada chiqqan yong‘in ortidan ayrim hududlar “svet”siz qoldi

3-sahifa

image

Andijon shahrida podstansiyada qisqa tutashuv oqibatida chiqqan yong‘in sababli ayrim hududlar elektrsiz qoldi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xabar berdi.

Ma’lumki, voqea kecha, 8 oktyabr kuni soat 18:32 da Andijon Hududiy elektr tarmoqlariga qarashli “Yoyilma” podstansiyasi hududida sodir bo‘lgan. Elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga 18:34 da yetib borib, o‘tni 11 daqiqada to‘liq o‘chirgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining bildirishicha, favqulodda nosozlik kuzatilgani oqibatida bir nechta elektr qurilmalarga shikast yetgan. Xususan, Andijon shahrining ba’zi hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar sodir bo‘lgan. Birozdan so‘ng elektr korxonasi bir nechta hududlarda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangani hamda ta’mirlash ishlari davom etayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda yangi klinika yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon podstantsiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing