Piyonistalikdan davolangan Maksim sahnaga qaytdi (video)

Madaniyat-san’at

image

Maksim taxallusi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Marina Abrosimova reabilitatsiyada davolanganidan keyin birinchi marta chiqish qildi. Uning sahnada qo‘shiq kuylayotgan videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Gap shundaki, 40 yoshli qo‘shiqchi muvaffaqiyatsiz konsertlaridan so‘ng, alkogolizmdan aziyat chekdi va bu odatga qarshi shifoxonada davolandi.

20 avgust kuni Maksim Moskvadagi Lujniki stadionida bo‘lib o‘tayotgan forumda nutq so‘zladi. Tomoshabinlar konsertga bepul kiritildi. Xonanda jonli qo‘shiq aytdi, muxlislari Marinani iliq kutib oldi va u bilan birga kuyladi.

Maksimning so‘zlariga ko‘ra, rus estradasining yana bir yulduzli vakili Dima Bilan spirtli ichimliklarga qarshi kurashda xonandani qo‘llab-quvvatlagan.

“U meni optimistligi bilan hayratda qoldirdi, vaqtini ayamadi, biz soatlab suhbatlashdik. Psixologik jihatdan u menga juda ko‘p yordam berdi”, degan Maksim intervyularidan birida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing