Piyoda ko‘p yurganlarga pul to‘lash to‘xtatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Avgustda piyoda yurganlarga qancha pul berilgani ma’lum bo‘ldi north_east

Avgustda piyoda yurganlarga qancha pul berilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yil 14 sentyabrdan boshlab aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish bo‘yicha “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi 1hls.uz mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi G‘aznachiligida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir me’yorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 500,0 mln so‘mdan kam mablag‘ qolsa, mobil ilova bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘lovlar, ushbu shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida 5,0 mlrd so‘mgacha mablag‘ yig‘ilgunga qadar avtomatik tarzda to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.

“Bunda, shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘lar 5,0 mlrd. so‘mga yetgunga qadar mobil ilovada o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga to‘lanadigan to‘lovlar to‘lanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, mazkur platforma bo‘yicha joriy yil 10 iyundan 13 sentyabrga qadar bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 yosh va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga jami 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

Shuningdek, har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga qo‘shimcha ravishda 1 mln. so‘m to‘lanib, joriy yil iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln. so‘m mablag‘ foydalanuvchilar elektron hamyoniga o‘tkazib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing