Avgustda piyoda yurganlarga qancha pul berilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning avgust oyida eng ko‘p piyoda yurganlarga qariyb 69 million so‘m mukofot puli berildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida avgust oyi yakunlariga ko‘ra tumanlar kesimida 203 ta g‘olib aniqlangan. Umumiy hisobda ularga 68 900 000 so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Respublika miqyosida toshkentlik Ulug‘bek Toirov g‘olib bo‘lgan, u qariyb 2,2 million qadam yurib 1 800 000 so‘m yutib olgan. E’tiborlisi u iyul oyi yakunlari bo‘yicha ham g‘olib bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, platforma orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilgan yig‘imdan olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

650

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing