Piterdagi hojatxonada o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi qandolat fabrikasining hojatxonasidan sotuvchi ayolning jasadi topildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil 28 avgust kuni Kalinin tumanidagi qandolat do‘konining hojatxonasidan 39 yoshli ayolning jasadi topilgan. Aniqlanishicha, marhuma O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Uning tanasida bo‘g‘ilish izlari va pichoqda yetkazilgan ko‘plab jarohatlar topilgan. Jasad o‘limning aniq sababini aniqlash uchun ekspertizaga yuborilgan.

Jinoyat faktiga ko‘ra, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hodisa joyidan ikkita arqon, shuningdek, shaffof kristall va toshga o‘xshash buyumlar topilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Sankt-Peterburg shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 25 marta pichoqlangan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

829

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing