Sankt-Peterburgda 25 marta pichoqlangan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

3-sahifa

image

Kecha, 20 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida 25 marta pichoqlangan o‘zbekistonlik ayol topildi. Bu haqda “RIA FAN” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, ayolning pichoqlangan jasadi Leninskiy prospektidagi ko‘p qavatli uylarning birida aniqlangan. Uyning derazasi ostidan esa ayolning chalajon eri topilgan. 

Gumon qilingan qotil ham aynan ayolning eri bo‘lib chiqqan. Shifokorlar uning hayotini saqlab qolishga harakat qilgan, biroq u vafot etgan. Marhumning o‘g‘li ota-onasi ajrashish arafasida bo‘lganini aytgan. Qotillik 47 yoshli er 44 yoshli xotini bilan gaplashish uchun kelganda sodir etilgan.

Aniqlanishicha, er alkogolga ruju qo‘ygan va ancha vaqtdan buyon uyida yashamagan. Kecha, 20 avgust kuni esa u xotini bilan yarashish uchun kelgan, biroq yana ularning o‘rtasida janjal chiqqan. Shundan so‘ng, er xotinini pichoq bilan o‘ldirgan va o‘zini derazadan tashlagan. 


 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

803

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing