Piskentda yuk mashinasi ko‘prikdan qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Toshkent viloyatining Piskent tumani hududidagi ko‘prik qulab tushdi. Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugun, 2 oktyabr kuni taxminan 20:00 da Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan D-023 Nurafshon – Piskent avtomobil yo‘lining 12-kilometrida joylashgan ko‘prik 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro tomonidan Howo rusumli yuk mashinasi boshqarib ketilayotgan vaqtda o‘pirilib tushgan. Oqibatda yuk mashinasining tirkamasi Polvonov kanaliga tushib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda ko‘prikda odamlar bo‘lmagan.

Bildirilishicha, haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga Ichki ishlar organlari yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ko'prik Piskent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing