Pirotexnika vostilaridan foydalanish 6 mlnlik jarimaga sabab bo‘ladi
Jamiyat
−
23 dekabr 2022
4752O‘zbekiston hududida pirotexnika mahsulotlarini qonunga zid ravishda foydalanish 1,5 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish hamda ushbu vositalarni noqonuniy ravishda O‘zbekistonga olib kirish yoki o‘tkazish qat’iyan man etiladi. Shuningdek, ushbu vositalar huquqbuzarlik ashyolari sifatida musodara qilinib, qonunbuzar shaxsga nisbatan 1,5 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima solinadi.
Bundan tashqari, pirotexnika vositalari, qurol va uning o‘q-dorilari, harbiy maqsaddagi mahsulotlar reklamasiga doir talablarni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (15 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15