Pilot berilgan IT tanlovi g‘olibiga kompyuter sovg‘a qilindi
Jamiyat
−
24 iyun 2022 11374 1 daqiqa
Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida bo‘lib o‘tgan IT tanlovi g‘oliblaridan biriga noutbuk sumkasi, biriga klaviatura, boshqasiga esa pilot sovg‘a qilingandi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Telegram sahifasida mazkur g‘oliblarga kompyuter topshirilganini ma’lum qildi.

“Bu yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rmay o‘tkazilgan tanlov bo‘lgan. Tumandagi mas’ullar g‘oliblarga sumka, klaviatura, uzaytirgich sovg‘a qilishgan. Hozir biz rasmiylar bilan gaplashdik barcha g‘oliblarga kompyuterlar yetib bordi.
Men barcha hamkasblarimizdan so‘rardimki, davlatni misqollab yig‘adigan obro‘sini shunaqa mayda xatolar yo‘q qilishi kerak emas. Sababi yoshlarning, xalqning kayfiyati juda muhim, bu ularga ta’sir qiladi. Mas’ullardan shu kabi tadbirlarga professional yondashishni so‘rayman”, deydi Alisher Sa’dullayev

Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr