Pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, shu yilning 1 martidan 2026 yil 1 yanvarigacha pillani qayta ishlash va ipak qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya ajratiladi. Uning miqdori ishlab chiqaruvchilar tomonidan boquvchilarga yetkazib berilgan har quti urug‘ uchun 120 ming so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 apreldan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.

Shu bilan birga, Prezident qarorida ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2026 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing