PFLda mavsum JCH boshlanguncha yakunlanadi

Sport

image

O‘zbekiston Superligasining 2022 yilgi mavsumi noyabr oyida yakunlanishi mumkin. Bu haqida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

“Qatardagi Jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabr kuni start oladi. PFL mavsumni 20 noyabrga qadar yakunlash va kelasi mavsumni fevral o‘rtasida boshlash, yozdagi 40 kunlik chilla vaqtida (2023 yildan boshlab) futbol uchrashuvlarini to‘xtatish ustida ishlamoqda. Tez orada PFL Ijroqo‘mi yig‘iladi”, degan Diyor Imomxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 2022 yilgi mavsumi 2 mart sanasida start oldi. Hozirgacha 11 ta tur uchrashuvlari ortda qoldi. Jahon chempionati bellashuvlari 2022 yilning 21 noyabr kunida start olib, 18 dekabrdagi final o‘yini bilan yakuniga yetadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing