PFL direktori oylik maoshi, Alisher Usmonov va Ilhom Mo‘minjonov haqida

Intervyu

Oxirgi ikki yillikda o‘zbek futbolida muhim islohotlarga qo‘l urildi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida rahbariyat almashgach, mamlakatning ichki chempionatini nazorat qiluvchi tashkilot O‘zbeksiton Professional futbol ligasida ham bir qator o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Ammo, katta inqilob bo‘lganicha yo‘q. 

2017 yilda tashkilot direktorligiga Omonjon G‘ofurov tayinlandi. “Bugungi kunda tashkilot tomonidan ichki chempionat saviyasini ko‘tarish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda”, degan gaplarni ko‘p eshityapmizu natija maqtanishga arzigulik emas. Oldinda hal etilishi kerak bo‘lgan muammolar talaygina. Bular borasida PFL direktori QALAMPIR.UZ muxbiriga ochiq oydin gapirib berdi.

Xo‘sh, u bilan nimalar haqida gaplashdik?

•    Alisher Usmonovning “Paxtakor” klubini sotib olishi;

•    MTJ boshqaruvida Ektor Kuper oldiga qo‘yilgan vazifalar;

•    O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun hamma narsaga qo‘li yetadigan odam;

•    6 yilga futboldan chetlatilgan Ilhom Mo‘minjonov ishining asl sababalari;

•    Superliga klublarida sodir etilgan moliyaviy qing‘irliklar;

•    chempionatdagi hakamlik muammolari va ularning sabablari.


Shuningdek, PFL direktori suhbat davomida, Ilhom Mo‘minjonov qaysi klublar bilan kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani, PFL rahbari sifatida qancha  oylik maoshga ishlayotgani, Superligada hakamlar qaysi jamoaga qarshi ishlayotgani, jamoalarga har mavsumda necha mlrd so‘m ajratilishi, nega har doim chempionat o‘yinlari kech boshlanishi bilan bog‘liq tanqidiy savollarga ham ochiq javob berdi.

O‘zbekiston PFL direktori Omonjon Fayzullayevich G‘ofurov bilan ilk eksklyuziv videointervyuni 10 iyun kuni soat 19:00 dan e’tiboran QALAMPIR.UZ internet nashrida, YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda tomosha qilishingiz mumkin.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing