Pfizer va Moderna vaksinalarining inson salomatligiga jiddiy ta’siri aniqlandi 

Olam

image

Pfizer va Moderna vaksinalarida koronavirusga qarshi emlash yosh erkaklarda yurak yallig‘lanishi bilan bog‘liq kasallikni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi. Mazkur ma’lumot AQSH kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining hisobotida taqdim etildi.

Mutaxassislar 16-24 yoshdagi odamlarda miokardit yoki perikarditning 275 holatini aniqladilar. Yurak yallig‘lanishi kasalligining tashxisi bemorlarga ukol o‘tkazilgandan keyin bir hafta ichida qo‘yilgan. May oyi oxirida 15 bemor shifoxonaga yotqizilgan, ulardan uchtasi intensiv terapiya bo‘limlarida davolanmoqda. 

Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 100 million odam koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Yil boshidan beri korxonalarda taxminan 700 million dozada vaksina ishlab chiqarildi. Ulardan 350 million dozasi eksport qilindi.

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing