Pezeshkiyon Erondagi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi
Olam
−
06 iyul
9905Erondagi prezidentlik saylovlarida islohotchi sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi. Bu haqda Islom Respublikasi saylov shtabining rasmiy vakili Muhsin Islomiy ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, barcha 30,530 million saylov byulletenlarini sanab chiqish natijalariga ko‘ra, zamonaviy Eron tarixida to‘qqizinchi saylangan prezident bo‘lgan Pezeshkiyon16,384 million ovoz oldi – umumiy ovozlarning kamida 53,6 foizi.
Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili, konservator Said Jaliliy 13,538 million – 44,3 foiz ovoz oldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 49,8 foizi ishtirok etgan. Islomiyning so‘zlariga ko‘ra, ovoz berishning ikkinchi bosqichida 30,530 million saylovchi ishtirok etgan, Eronda esa 61 millionga yaqin kishi ovoz berish huquqiga ega. Prezidentlik saylovining birinchi bosqichida saylovchilarning taxminan 40 foizi ishtirok etdi, bu Islom Respublikasi tarixidagi eng past ko‘rsatkichdir.
Kecha, 5 iyul kuni Eronda mamlakat ijroiya rahbarining o‘limi munosabati bilan o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi