Peskov Prigojinning sotqinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Olam
−
15 may 2023
8879Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojinning Ukraina razvedkasiga Rossiya qo‘shinlari hujum qilishi mumkin bo‘lgan hududlarga oid ma’lumotlarni sotmoqchi bo‘lgani haqidagi axborotni rad etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Peskov “The Washington Post”dagi maqolaga izoh berishdan bosh tortgan.
“Bu yana bir OAV mish-mishiga o‘xshaydi. Afsuski, so‘nggi yillarda hatto obro‘li nashrlar ham ko‘pincha bunga e’tibor bermayapti”, degan Kreml matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “The Washington Post” gazetasi Baxmut uchun qonli janglarda minglab harbiylaridan ayrilgan Prigojin Ukraina maxsus xizmatlariga Baxmutdagi qo‘shinlarini olib chiqish evaziga Rossiya harbiylarining joylashgan nuqtalari haqidagi muhim ma’lumotlarni oshkor qilmoqchi bo‘lganini yozgandi.
LiveBarchasi