Peskov Pashinyanning ayblovlariga javob qaytardi
Olam
−
22 dekabr 2022
8526Rossiya tinchlikparvar kuchlari qat’iy hujjatlarga muvofiq harakat qiladi va ular tartibni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda bugun, 22 dekabr kuni jurnalistlarga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kontingenti zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmayotgani haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, aytib o‘tdi.
“Rossiya tinchlikparvar kuchlari o‘zlari ishlayotgan hududlarda tartib va osoyishtalikni ta’minlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda va ular faqat tomonlar o‘rtasida imzolangan hujjatlar ruhi va mazmuniga muvofiq harakat qilmoqda”, deydi Kreml matbuot kotibi.
Peskov bu mavzuni arman hamkasblari va ittifoqchilari bilan muhokama qilishni albatta davom ettirishga va’da bergan.
Pashinyan bugun, 22 dekabr kuni hukumat yig‘ilishida Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar kontingenti Armaniston, Rossiya va Ozarbayjon rahbarlarining 2020 yil 9 noyabrdagi uch tomonlama bayonotiga ko‘ra, Lochin yo‘lagini nazorat qilish majburiyatini olgani, ammo uni bajarmayotganini aytdi.
“Bayonotning oltinchi bandiga ko‘ra, “Lochin” yo‘lagi Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida bo‘lib, Ozarbayjon Respublikasi Lochin yo‘lagi bo‘ylab fuqarolar, transport vositalari va yuklarning harakatlanishi xavfsizligini kafolatlaydi”, deydi u.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, de-fakto, uch tomonlama bayonot bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyat – Lochin koridorini nazorat ostida ushlab turish – Rossiya tinchlikparvar qo‘shinlari tomonidan ham bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi