Peskov Kim Chen Inning Rossiyaga tashrifini tasdiqlay olmasligini bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov KXDR rahbari Kim Chen Inning sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurishi va uning Vladimir Putin bilan uchrashish rejalari haqidagi ma’lumotni tasdiqlay olmasligini aytdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

"Yo‘q, tasdiqlay olmaymiz. Bu mavzuda sizga aytadigan gapimiz yo‘q”, deydi Peskov Rossiya Prezidenti va Shimoliy Koreya rahbari o‘rtasida bo‘lajak uchrashuv haqidagi savolga javoban.

“Vedomosti” manbalariga ko‘ra esa bugun Prezident Putin Uzoq Sharqqa tashrif buyurishi mumkin.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyida Rossiyaga tashrif buyurib, Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazish niyatidaligi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, KXDR va Rossiya rahbarlari 10-13 sentyabr kunlari Vladivostokdagi Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumda ishtirok etishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing