Peskov 2021 yilda qancha pul topgani ochiqlandi
Olam
−
16 aprel 2022
7474
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2021 yilda 14,5 million rubl, uning rafiqasi Tatyana Navka esa 218,5 million rubl ishlab topdi. Bu haqda Kreml saytida e’lon qilingan deklaratsiyada ma’lum qilingan.
Hujjatga ko‘ra, Kreml ma’muriyati rahbari o‘rinbosari – davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2021 yilda 14,5 million rubl ishlab topgan. Bu uning rafiqasi, figurali uchish bo‘yicha Olimpiya chempioni Tatyana Navkanikidan 15 baravar kam. Deklaratsiyada keltirilishicha, Tatyananing 2021 yildagi daromadi 218,5 million rubl (2020 yilda 235,9 million rubl)ni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Peskov 111,7 kvadrat metr, 112,5 kvadrat metr va 55,3 kvadrat metr maydonli kvartiralarga ega. Bundan tashqari, Prezident matbuot kotibining 7967 va 1406 kvadrat metr maydondagi yer uchastkalari, 779,2 kvadrat metrlik turar-joy binosi bor. Shuningdek, u ikkita Mercedes Benz V250 avtomobili va Kia Ceed avtomobili, CAN-AM qor va botqoq avtomobilining egasi hisoblanadi.
Rafiqasi Navka esa 7967 va 1406 kvadrat metrlik yer uchastkalari, 779,2 va 353,5 kvadrat metrlik ikkita turar-joy binolari, 180,4 kvadrat metr, 108,4 kvadrat metr va 78,8 kvadrat metr bo‘lgan uchta xonadonga ega. Bundan tashqari, u Mercedes Benz CL63 AMG, Mercedes-Benz GLE63 va Yamaha nomli avtomobillari borligini ham ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda Peskov 12,527 million rubl, Navka 212,878 million rubl daromad qilganini ochiqlagan edi. 2019 yilda Peskov va Navkaning daromadlari mos ravishda 14,6 million rubl va 235,9 million rublni tashkil qildi.
LiveBarchasi