Perulik mer karantin qoidalarini buzganidan qo‘rqib, o‘zini o‘lganga soldi

Olam

image

Perudagi kichik shahar Tantara meri Xayme Ronaldo Urbina Torres tom ma’noda koronavirus qurboni bo‘ldi. Hech bo‘lmaganda u politsiyani ishontirishga urindi.

Amaldor ziyofatga shoshilayotgan edi. Ammo yo‘lda huquq-tartibot idoralari xodimlarini ko‘rib qoldi hamda komendantlik soatini buzishdan qo‘rqib o‘zgacha yo‘l tutdi. Mer ko‘chada ochiq yotgan tobutlarning biri ichiga tushib oldi va o‘zini o‘lganga soldi.

Tryuk o‘xshamadi va uni nazorat xonasiga olib borishdi.

“Har holda mamlakatda o‘rnatilgan qoidalarni hurmat qildim. Shu sabab mana shunday noqulay vaziyatga tushib qoldim. O‘zimni oqlamayman”, deya o‘z qilmishiga izoh berdi mer. 

Avvalroq, Yaponiyadagi shahar shahar prokuraturasi rahbari Xiromu Kurokava karantin qoidalarini buzganligi sababli ishdan bo‘shatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Chilida

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar