Perseverance Marsdan rangli fotosuratlar yubordi (foto)

Olam

image

Avval xabar berilganidek, NASA’ning Mars orbitasiga uchirgan Perseverance rover va Ingenuity vertolyotiga ega Amerika avtomatik sayyoralararo stansiyasi 18 fevral kuni Qizil sayyora yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bugun, 20 fevral kuni ushbu kema Marsdan rangli fotosuratlar yubordi.

Kemaning qo‘nish jarayoni taxminan yetti daqiqa davom etdi va NASA uni jonli efirda namoyish qildi.Barcha operatsiyalar avtomatik ravishda amalga oshirildi. Qurilmaning tezligini pasaytirish uchun parashyut ochildi, so‘ngra yuqori haroratdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan rover korpusi ajralib chiqdi. 

Hodisa yakuniy bosqichida qo‘nish tizimining tormoz dvigatellari ishladi, shundan so‘ng qurilma sayyora yuzasiga kabellar orqali tushirildi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Marsdagi Ezero kraterida hayot izlari saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Rover esa ularni qidiradi. Rover sayyoraning iqlimini o‘rganadi hamda tosh va cho‘kindilar namunalarini to‘playdi. Qurilma Marsda 687 kun davomida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing