“Persepolis” rahbariyati Ronalduga gilam sovg‘a qildi

Sport

image

Eronning “Persepolis” klubi rahbariyati Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Sadio Manega qo‘lda ishlangan gilamlarni sovg‘a qildi. Bu haqda Eron futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

18 sentyabr kuni “Al-Nasr” Eron poytaxtiga yetib keldi. Jamoalar bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi o‘yinda to‘qnash keladi. 

“Persepolis madaniy mehmondo‘stlik akti sifatida klub ikki jahon yulduziga nafis qo‘lda ishlangan gilamlarni sovg‘a qildi”, deyiladi klub xabarda.

Shuningdek, “Al-Nasr” guruh bosqichida Tojikistonning “Istiqlol” va Qatar “Al-Duhail”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Istiqlol Persepolis Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing