Pereyra va Adesanya jangi tasdiqlandi

Sport

image

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni, braziliyalik Aleks Pereyra hamda sobiq chempion Israel Adesanya o‘rtasidagi revansh jangi UFC tomonidan tasdiqlandi. Jangning qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi.

To‘qnashuv 8 aprel kuni AQSHning Mayami shahrida UFC 287 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang turnirning markaziy to‘qnashuvi hisoblanadi.

Pereyra-Adesanya o‘rtasidagi oxirgi to‘qnashuv o‘tgan yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan va jangda Pereyraning qo‘li baland kelgandi. 

Ma’lumot uchun, UFC 287 asosiy kardidan Rob Font va Adrian Yanez, Raul Rosas va Kristian Rodriges o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing