“Perevod” bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoni berildi
Jamiyat
−
07 avgust 2022
7387Xabaringiz bor, joriy yilning 5 avgust kuni 2022/2023-o‘quv yili uchun respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish yakunlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga asosan ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.
Shuni inobatga olib, 5 avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10 avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati berilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
LiveBarchasi