“Perevod” bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoni berildi

Jamiyat

image

Xorijdan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni tahrirlash va to‘lov uchun qo‘shimcha muddat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘p sonli talabalar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq kamchiliklar sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash hamda belgilangan to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha bir kun berildi. 

Arizasi rad etilgan talabalar hujjatlarni 16 avgust kuni 18:00 ga qadar tahrirlab, to‘lovini amalga oshirgan holda qaytadan yuborishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgust kuni 2022/2023-o‘quv yili uchun respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilish yakunlandi. Ammo arizalarning hammasi ham qanoatlantirilmadi. Xususan, arizalarni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘plab murojaatlar tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Xorijdan o'qishini ko'chirish

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar