Peres Neymar va Mbappening trasnferi borasida bayonot bilan chiqdi
Sport
−
28 may 2019
4630Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres joriy yozda klub xarid qilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirar ekan, ayni paytda Neymar va Mbappelarning transferi haqida o‘ylamayotgani haqida ma’lum qildi.
“Men Zidanga Mbappe haqida ham, Neymar haqida ham, umuman boshqa hech kim haqida ham gapirmaganman. Mbappe bilan hech qanday muloqotlar bo‘lmagan”, - deydi Peres.
“Biz o‘tgan mavsumda ularni kuzatmayotganligimizni aytdik va bu yil ham xuddi shunday. Mbappe va Neymar bizga kerak emas. Agar biz o‘yinchilarni sotib olishni xohlasak, ularning klublari bilan gaplashamiz”, deb aytib o‘tgan “Real” prezidenti.
Shuningdek, u o‘z intervyusida “Chelsi” futbolchisi Eden Azarning joriy yozda sotib olinishini ham tasdiqlagan.