Pepsi Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga sovg‘alar to‘plamini topshirdi

Biznes

image

Yangi yil bayrami arafasida sovg‘alar ulashish va xayrli ishlar qilish ezgu an’anaga aylangan. Ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

“International Beverages Tashkent” kompaniyasi (PepsiCo'ning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri) ham Yangi yil tadbirlari doirasida Toshkent shahrining Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklardan iborat 400 dona sovg‘alar to‘plamini topshirdi. Sovg‘alar taqdimoti Sergeli tumanidagi markaziy istirohat bog‘ida bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining mehnatini yuksak qadrlaydi va ularga samimiy minnatdorlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing