Pepsi Music Fest – ochiq osmon ostidagi yirik musiqa festivali

Biznes 6269
image

Pepsi brendi hammaga birdek ko‘tarinki kayfiyat ulashishda davom etmoqda. Shu yilning 9-11 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Pepsi Music Fest – 2022” tadbiri bunga misol bo‘la oladi. Ushbu festival eng mashhur yulduzlar va minglab yoshlarni bir yerga jamladi.

Open-air boshlangan ilk kundayoq, HYATT Regency mehmonxonasi yonidagi maydon minglab tomoshabinlar bilan to‘ldi. Uch kun davom etgan “Pepsi Music Fest – 2022” poytaxt ahliga ajoyib oqshomlar, unutilmas shoularni taqdim etdi.

Musiqa festivalining 1-kuni, ya’ni, 9 sentyabrda taniqli estrada guruhi Gayazov$ Brother$, 10 sentyabr kuni YouTube tarmog‘ida 225 million martadan ko‘proq tomosha qilingan "Rampampam" taronasi ijrochisi maftunkor Minelli sahnaga chiqdi. Festivalning so‘nggi kuni, 11 sentyabrda esa rossiyalik mashhur yulduzlar Hammali & Navai ijrosidagi ajoyib taronalar yangradi. Estrada xonandalarining chiqishlaridan tashqari flesh-mob va Fire Show'lar ham tashkil etildi.

“Pepsi Music Fest – 2022” yoshlar o‘qish va ishdan bo‘sh vaqtida maroqli dam olishi uchun zo‘r imkoniyat bo‘ldi, desak adashmaymiz. 

Open-air'da xorij estradasi vakillari bilan birga poytaxtning mashhur DJ’lari — DJ King Macarella, DJ Sam, DJ Frost, DJ Gera, DJ Safronov va DJ Pashkov ham ishtirok etishdi. 

Tadbirning maxsus mehmoni, go‘zal xonanda Minelli Music Fest haqidagi taassurotlarini biz bilan bo‘lishdi.

“Bizni juda, chiroyli kutib olishdi. Toshkent juda ham chiroyli, ozoda, har kuni  quyosh charaqlab turadigan shahar ekan. Uning ko‘p joylarini hali ko‘rib ulgurmadim, sharqona bozorlar, tarixiy joylarni ko‘rish niyatim bor. "Rampampam" bu yerda mashhur ekanligidan esa juda-juda xursandman! Kelgusida bu shaharda katta konsert berishni ko‘nglimga tugdim”, deydi xonanda.

Shunday qilib, Pepsi tashabbusi bilan tashkil etilgan yana bir yirik musiqa festivali yakuniga yetdi. Undan unutilmas xotiralar va go‘zal taassurotlar qimmatli esdalik bo‘lib qoldi.

Pepsi bilan yangicha ta’mni kashf et va uni qadrdonlaringga ham ulash!

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Reklama huquqi asosida

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 39
Reyting: 3.1
t
×