“Pepsi” futbol bayramini tashkil etdi!

Biznes

image

«Pepsi» brendi so‘nggi yillarda marketing strategiyasini butunlay o‘zgartirib, nafaqat bozor iqtisodiyoti, balki mamlakatimiz ijtimoiy hayoti rivojiga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda.  

Bunga kuni-kecha brend tashabbusi bilan «Magic City»da  yoshlarni sportga jalb qilish va aholi salomatligini mustahkamlash maqsadida «Pepsi» blogerlar ligasi o‘tkazilganini misol qilish mumkin.

Ushbu bog‘ning «Registon» majmuasida kichik futbol maydoni tashkil etilib, bog‘dagi umumiy atmosfera ham millionlar o‘yini — futbolga moslab bezatildi.

Musobaqa ishtirokchilari sifatida esa yoshlar orasida mashhur blogerlar taklif etildi. Bellashuvda  8 ta jamoa ishtirok etdi. Va jamoalarning har biri 15 daqiqadan iborat 2 taym davomida g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Ob-havoning shu kunlardagi qaysarliklariga qaramay, bloger-futbolchilar ishtirokidagi «Pepsi» ligasini tomosha qilish uchun kelgan muxlislar soni ortsa ortidiki, kamaygani yo‘q. 

«Pepsi» blogerlar ligasining final bellashuvi 28 may kuni o‘tkazilishi kutilmoqda. Aynan shu kuni UEFA Chempionlar Ligasining hal qiluvchi o‘yini — «Liverpul» — «Real» bahsini ham «Magic City»ga o‘rnatilgan katta monitor orqali  tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Pepsi Uzbekistan

Magic City

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing