Pep Gvardiola: “Ronaldu – gol mashinasi”
Sport
−
04 noyabr 2021 3202 1 daqiqa
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer ligasi 11-turi doirasidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“MYUga qarshi uchrashuv biz uchun juda muhim. Ronaldu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Krishtianu – gol mashinasi. Men “Manchester Yunayted”ning YeCHL 4-turi doirasidagi “Atalanta”ga qarshi uchrashuvini ko‘rmadim, lekin bahsni tahlil qilish va ularning o‘yin uslubini o‘rganish maqsadida uchrashuvni tomosha qilmoqchiman”, deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.
Ma’lumot uchun, 2 noyabr kuni “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida “Atalanta”ga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” uchrashuvi 6 noyabr kuni “Old Trafford” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.
Angliya chempionatining 10-turidan so‘ng “shaharliklar” 20 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallagan. “Qizil iblislar” 17 ochko bilan beshinchi pog‘onada bormoqda.
Jamshidbek Mahmudov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025