Pentagon Ukrainani qo‘llash kuchaytirilishiga va’da berdi
Olam
−
12 Oktabr 2022
3655Ukraina harbiylari Rossiya boshlagan urush dinamikasini o‘zgartirdi, endi uni qo‘llab-quvvatlash kuchayadi. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi – “Ramshtayn-6” yig‘ilishida aytib o‘tgan.
Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hukumati Ukrainaga Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilishga yordam berishga qat’iy qaror qilgan.
Shuningdek, u dunyo hukumatlari Ukraina fuqarolari va harbiylariga yordam ko‘rsatishni tezlashtirganini ta’kidlagan.
“Sentyabr oyidagi so‘nggi uchrashuvimizdan buyon barchamiz Ukraina jang maydonida qanday ajoyib muvaffaqiyatlarga erishganini ko‘rdik. Putinning yangi hujumlariga qaramay, Ukraina kuchlari bu urush dinamikasini o‘zgartirdi. Ular yuzlab shaharlarni rus bosqinidan ozod qildilar. Va ular o‘z yerlarining minglab kvadrat kilometrlarini qaytarib olishdi. Bu g‘alabalar Ukraina askarlariga tegishli, ammo harbiy yordam, aloqa guruhining tayyorgarligi va chidamlilik harakatlari juda muhim”, deydi Ostin.
Uning ta’kidlashicha, Ukrainaning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlash biron bir jangning natijasiga bog‘liq emas.
“Ukraina himoyachilarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan qat’iyligimiz barcha mavsumlarni qamrab oladi. Shuning uchun bu aloqa guruhi birdamlikda harakat qiladi. Biz Ukraina mudofaa qobiliyatini yaqin va uzoq muddatga mustahkamlashda davom etamiz”, deydi u.
AQSH Mudofaa vaziriga ko‘ra, “Ramshtayn” formatidagi ishtirokchilar Ukrainaga milliardlab dollarlik harbiy yordam, shuningdek, gumanitar va moliyaviy yordam ko‘rsatishga va’da bergan.
“Shuningdek, biz Ukrainaning mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun sanoat bazalarimiz uchun yangi sarmoyalarni jalb qildik”, deydi Ostin.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni Vashington yordami yetarli emasligidan shikoyat qilishni bas qilishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi