Pentagon rahbari Suriyaga berilgan aviazarba tafsilotlarini oshkor qildi
Olam
−
26 fevral 2021 8251 1 daqiqa
Avvalroq Prezident Jo Baydenning buyrug‘i bilan AQSH Suriyaga havo hujumi uyushtirgani haqida xabar bergan edik. AQSH Suriyada havo hujumini Iroq tomonining razvedka ma’lumotlariga tayanib boshlagan. Bu haqda AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin aytib o‘tdi.
“Iroqliklarga biz uchun razvedka ma’lumotlarini ishlab chiqishga ruxsat berdik, ularni bunga undadik va bu bizning maqsadlarimizni aniqlashtirishda katta yordam berdi”, deydi u.
Mudofaa vaziri Pentagon tanlangan nishonlarga ishonishini bildirdi. Unga ko‘ra, ular ilgari AQSH harbiy inshootlariga hujum qilgan shialar militsiyasi tomonidan ishlatilgan.
Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriyaning sharqiy qismidagi chegara punktida joylashgan bir nechta ob’ektlarni yo‘q qilgan. Ular Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangari guruhlarga xizmat qilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28