Pentagon rahbari shifoxonaga tushib qoldi
Olam
−
06 yanvar
5528AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin sog‘lig‘idagi muammo tufayli 1 yanvardan beri shifoxonada yotibdi. Bu haqda kecha, 5 yanvar kuni Pentagon axborot xizmati ma’lum qildi.
Vazirning shifoxonaga tushib qolishi sababi ochiqlanmadi va uning salomatligi yomonlashgani hafta bo‘yi nega sir saqlangani noma’lumligicha qolmoqda.
70 yoshli Ostin AQSH armiyasida Prezident Jo Baydendan keyin ikkinchi qo‘mondon bo‘lib, uning mas’uliyati milliy xavfsizlik inqirozi yuz bergan taqdirda darhol tayyor bo‘lishini talab qiladi.
Pentagon Ostinning 1 yanvar kuni Valter Rid Milliy harbiy tibbiyot markaziga yotqizilishidan oldin yoki undan keyin hushini yo‘qotgani yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmadi. Vazir o‘rinbosari Ketlin Xiks uning vazifalarini qay darajada o‘z zimmasiga olgani ham noma’lum.
Pentagon bayonotida aytilishicha, Ostin "yaqin orada olgan tibbiy muolaja asoratlarini" boshdan kechirmoqda. Shu bilan birga, harbiy idora qanday muolaja haqida gap ketayotgani haqida ma’lumot bermadi.
"U tuzalib ketdi va bugun to‘liq xizmatga qaytishi kutilmoqda", degan Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder.
Jurnalistlar Uyushmasi harbiy amaldorlarga yo‘llagan maktubida Mudofaa vazirligining maxfiyligini qoraladi. Ularning fikricha, Ostin jamoat arbobi bo‘lib, bunday vaziyatda uning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishi to‘g‘ri emas.
“Yaqin Sharqda amerikalik harbiy xizmatchilarga tahdid kuchayayotgan va Qo‘shma Shtatlar Isroil va Ukrainadagi urushlarda milliy xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynagan bir paytda, Amerika jamoatchiligi mudofaa bo‘limi boshlig‘ining sog‘lig‘i va uning qaror qabul qilish qobiliyati haqida xabardor bo‘lishi juda muhim", deyiladi maktubda.
Maktubda ta’kidlanishicha, hatto AQSH prezidentlari ham tibbiy muolajalar tufayli o‘z mas’uliyatini topshirishlari kerak bo‘lganda hisobot berishadi.
LiveBarchasi