Pentagon Kiyevga Isroil orqali o‘q-dorilar yubormoqda – NYT

Olam

image

Pentagon Ukrainaga AQSH o‘q-dorilarini Isroildagi omborlarda saqlanayotgan "ko‘pchilik uchun noma’lum bo‘lgan zaxiradan" yubormoqda. Bu haqda Amerika va Isroil rasmiylariga tayanib, "New York Times" gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, shu yo‘l bilan Mudofaa vazirligi “Ukrainaning artilleriya snaryadlariga bo‘lgan favqulodda ehtiyojini” qondirishga va 2023 yilda Kiyevni shunday qurollar bilan ta’minlashga harakat qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, omborlar 1970 yillarda arab-isroil mojarosidan so‘ng, “AQSH Isroil zaxiralarini to‘ldirish uchun havo orqali qurol olib kelganida” tuzilgan.

"2022 yilda AQSH va Isroil Kiyevga 155 millimetr kalibrli 300 mingga yaqin snaryadlarni yetkazib berishga kelishib oldi", deb yozadi "New York Times". 

Shu bilan birga, ushbu kelishuvga ko‘ra jo‘natmaning yarmi allaqachon Yevropaga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pentagon o'q-dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing