Pentagon Xitoyning ikkinchi havo sharini aniqladi

Olam

image

Pentagon kecha, 3 fevral kuni kechqurun Lotin Amerikasi bo‘ylab Xitoyning ikkinchi josuslik shari harakatlanayotganini aniqladi. Bu haqda “ABC 7news” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo shari Kolumbiya va Venesuyela ustidan uchib o‘tgan, biroq hozirda u mintaqaning aynan qaysi davlati ustida uchayotgani noma’lum. Lekin shar AQSH tomon yo‘l olmayotgani aniq. 

“Biz havo sharining Lotin Amerikasi orqali o‘tayotgani haqidagi xabarlarni ko‘rmoqdamiz. Endi biz buni Xitoyning boshqa kuzatuv shari deb baholaymiz”, degan general Patrik Rayder.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi Amerika rasmiylarini havo sharidagi hodisadan Xitoyni qoralashda foydalanganlikda ayblagan. Pentagonning yuqori martabali mulozimlaridan biri esa Pekinning AQSHning nozik harbiy ob’ektlari ustida uchayotgan Xitoy dirijablining meteorologik tadqiqot shari ekanligi haqidagi da’volarini qat’iyan rad etgan.

Mudofaa rasmiylarining ta’kidlashicha, havo sharining parvoz yo‘li “bir qator nozik” harbiy ob’ektlarni, jumladan, Montanadagi 150 ta yadro kallaklari joylashgan Malmstrom havo kuchlari bazasi ustidan o‘tgan. 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham havo shari voqeasidan so‘ng Xitoyga rejalashtirilgan safarini keyinga qoldirgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing