Pentagon IT kompaniyalariga 9 milliard dollar ajratdi

Olam

image

Pentagon Google, Oracle, Microsoft va Amazon kompaniyalariga bulutli ma’lumotlar tizimi bo‘yicha shartnomalar uchun 9 milliard dollar ajratayotganini e’lon qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, to‘rtta texnologik gigantga AQSH armiyasi uchun bulutli hisoblash tarmoqlarini yaratish vazifasi yuklangan. Shartnomalar butun dunyo bo‘ylab AQSH harbiylari uchun bulutli hisoblashni soddalashtiradigan Joint Warfighting Cloud Capability tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Bu tizim Mudofaa vazirligiga barcha uch turdagi: tasdiqlanmagan, maxfiy va o‘ta maxfiy ma’lumotlar bilan samarali ishlash imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, shartnomalarni to‘rtta kompaniya o‘rtasida taqsimlash Pentagonga bulutli hisoblashning barcha ehtiyojlari uchun bitta kompaniyaga ishonib qolmaslikka yordam beradi. Bu esa har qanday potensial tarmoq uzilishlari xavfini kamaytiradi. 

“Ushbu shartnomaning maqsadi Mudofaa vazirligini barcha xavfsizlik domenlari va tasniflash darajalari bo‘yicha butun korporativ, global miqyosda mavjud bulutli xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat”, deyiladi Pentagon bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda Pentagon Microsoft bilan shu turdagi 10 milliard dollarlik shartnoma imzolagan edi. Ammo bu Pentagonning Amazon va Oracle bilan yuridik muammolariga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng Pentagon shartnomani bekor qilishga majbur bo‘lgan. Hozirgi shartnomasi esa 2028 yilning iyunigacha davom etishi kutilmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing