Pensiyani hisoblash uchun EKOIHning o‘n barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi
Jamiyat
−
23 may 2019
4040Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 may kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Qonunga muvofiq, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam oylik ish haqining o‘n barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.
Ilgari ushbu miqdor eng kam oylik ish haqining sakkiz barobarini tashkil etgan.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham Xalq tabobati xizmatini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiya xulosasi asosida xalq tabobati bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkinligiga oid qo‘shimcha kiritildi.
Qonun bilan Senatdagi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi etib o‘zgartirildi.
LiveBarchasi