Pensiya tizimida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda pensiya tizimi isloh qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston pensiya tizimi majburiy badallar bo‘yicha belgilangan to‘lov tizimidan iborat bo‘lib, borgan sari davlat byudjetidan ko‘proq moliyalashtirilmoqda. So‘nggi 10 yilda Pensiya jamg‘armasi daromadlari 3,4 baravarga oshgan bo‘lsa, xarajatlari 5 baravarga oshgan. 2020 yildan pensiya to‘lovlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan doimiy ravishda transfert ajratilmoqda.

2022 yilda transfert miqdori 11 trillion so‘mni (jami xarajatning 24,7 foizi) tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yilda 15 trillion so‘m (29 foiz) ko‘zda tutilgan. 2030 yilda transfert miqdori 38 trillion so‘mga yetishi prognoz qilinmoqda.

“Allianz Pension Ranking 2023” pensiya reytingida O‘zbekiston 75 ta mamlakat qatorida 71-o‘rinni egallagan. Unda Qozog‘iston 34-o‘rinda, Rossiya  37, Turkiya 59-o‘rinni egallagan. Mazkur reyting uchta sub-indekslar – bazaviy sharoitlar, barqarorlik va pensiya tizimining monandligiga asoslangan. Ular 1 dan 7 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi va bunda 1 – eng yuqori baho hisoblanadi. O‘zbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshlarida O‘zbekistonda fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshdan hisobga olish tartibi joriy etildi. Shuningdek, Prezident farmoni bilan 2024 yilning 1 mayidan boshlab minimal iste’mol xarajatlari 648 ming so‘m miqdorida belgilangani sababli pensiyalar oshirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston pensiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made