Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshdi

Jamiyat

image

Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobariga oshirilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

Shuningdek, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS-xabarnoma yuborilgan.

Ma’lumot uchun, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarni Pensiya jamg‘armasiga murojaat etishga hojat qolmaydi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

402

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing