Pensioner saharlab qichqirayotgan xo‘rozni sudga berdi

Olam

image

Fransiyada saharlab qichqirayotgan va odamlarni uxlashga qo‘ymayotgan xo‘roz sud qilinmoqda. Bu haqda mahalliy “Monde” nashri yozmoqda. 

Ushbu holat sud ishi Sharanta departamentida ko‘rib chiqilmoqda. Moris laqabini olgan xo‘roz va uning egasi Korin Fesso ustidan uning nafaqadagi qo‘shnisi Biron shikoyat qilgan.  

Sudga shikoyat qilgan Bironning advokati 1000 yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Bu pulni ular halok bo‘lgan dengizchilarga yordam berish uchun o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Nashrning yozishicha, qo‘shnilar Biron va Fesso o‘rtasidagi janjalning boshlanganiga bir yildan oshgan. 2017 yilning bahor oylarida qo‘shnilar xo‘rozning ovozidan shikoyat qilishgan. O‘sha vaqtda xo‘roz Morisning egasini himoya qilish maqsadida ikkita petitsiya o‘tkazildi. Buni 155 ming kishi qo‘llab-quvvatlagan.  

4 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida da’vogar va xo‘roz egasi qatnashmagan. Sudda Biron va Fesso yashayotgan hudud qishloq yoki shaharligi muhokama qilingan. Da’vogarning advokatiga ko‘ra, ular yashaydigan hudud qishloq emas, balki shaharga kiradi. 

Sud mazkur ish yuzasidan so‘nggi qarorni joriy yilning  5 sentyabr kuni qabul qilishini ma’lum qilgan. 

Sud jarayonini mahalliy parrandachilik xo‘jaligi egalari katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Xo'roz

Baholaganlar

88

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing