Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim – Shavkat Mirziyoyev (video)
Sport
−
17 may 2024 42143 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 16 may kuni Kinochilar saroyida san’at vakillari bilan uchrashuvda O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi finali va Parij-2024 Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Bilasizlarmi, penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim. Uning o‘rniga o‘zim bo‘lsam, deyman-da. Nimaga bunday bo‘lishi kerak ekan-a, bittagina to‘p-a? Shunday mahorat ko‘rsatdi, ularning ko‘pi bilan gaplashdim. Ularga telegramma yubordim. Endi biz ham darrov chempion bo‘lamiz, deymiz-da. Birinchi marotaba jamoaviy turda Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik. Bu ham katta yutug‘imiz”, degan Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident futbol ham oson ish emasligi, hozirda 5-6 nafar o‘zbekistonlik futbolchilar dunyoga mashhur jamoalarda to‘p surayotganini va bundan faxrlanishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani uchun 30 ming AQSH dollaridan pul mukofoti berilishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025