Pelosi Bayden qayta saylanishiga ishonmaydi – CNN
Olam
−
18 iyul 2024 7217 1 daqiqa
AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosining fikricha, Amerikaning amaldagi Prezidenti Jo Bayden saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmaydi. Bu haqda manbalarga tayanib, CNN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Pelosi Bayden bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida so‘rovlar u prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozona olmasligini ko‘rsatayotganini va bu bilan demokratlarni Vakillar palatasida g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum qilishini aytgan.
Biroq CNN xabarida Pelosi Baydendan saylovoldi poygasidan chiqishni so‘ragan yoki so‘ramagani ochiqlanmagan.
AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi muddatga nomzod bo‘lgan Bayden avgust oyida bo‘lib o‘tadigan Demokratik Milliy qurultoy uchun yetarli miqdordagi delegatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025