Pele va Neymarning sobiq klubi Braziliya chempionatini tark etdi

Sport

image

Bugun, 7 dekabr kuni Braziliya chempionati 38-turi doirasida “Santos” “Fortaleza” klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qarama-qarshilik natijasiga ko‘ra, “Santos” o‘z tarixida birinchi marta Braziliya elita divizionini tark etadigan bo‘ldi.

“Fortaleza” futbolchisining qo‘shimcha oltinchi daqiqada maydon markazidan yo‘llagan zarbasi raqib darvozasidan joy oldi.

38 turdan keyin “Santos” turnir jadvalida 17-o‘rinda qoldi.

Ma’lumot uchun, “Santos” o‘z tarixida 8 marta Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan. Jamoa shuningdek, uch marta Libertadores kubogini yutgan. Shuningdek, Pele va Neymar bir vaqtlar “Santos” safida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar Pele Braziliya Santos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing