Pele Neymarni rekord bilan tabrikladi
Sport
−
10 dekabr 2022
3409Braziliyalik sobiq hujumchi Pele rekordini takrorlagani uchun Neymarni tabrikladi. Ta’kidlash joiz, kecha Xorvatiya bilan o‘yinda Braziliya yarim himoyachisi Neymar raqib darvozasiga 77-golini urdi va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Pelega yetib oldi. Bu haqda “Yevro Futbol” nashri xabar berdi.
“Men o‘yiningda o‘sishni guvohi bo‘lyapman, men seni ruhlantirdim. Nihoyat, Braziliya terma jamoasi safida urilgan gollar sonini menikiga tenglashtirganing bilan tabriklayman. Men o‘rnatgan rekord deyarli 50 yil davom etdi. Shu kungacha unga hech kim yaqinlashmadi ham. Sen uddalading buni, bolakay. Bu sening yutug‘ing qanchalik buyuk ekanligidan dalolat beradi”, deydi Pele.
Ta’kidlash joiz, faqatgina uch nafar futbolchi Lotin Amerikasi terma jamoalarida 75+ gol urgan. Bular: Pele (77), Messi (90) va Neymar (77) hisoblanadi.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi