Pekindagi eng baland binoga samolyot borib urildi (video)

Olam

image

Bugun, 26 iyun kuni kichik samolyot Xitoy poytaxti Pekindagi eng baland binoga borib urildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Nashrning yozishicha, kichik samolyot Pekindagi eng baland bino – “China Zun” nomi bilan ham tanilgan 109 qavatli CITIC Tower osmono‘pariga urilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tasvirlarda binodan parchalar tushayotganini ko‘rish mumkin. Ulardan taksi mashinasi zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, fotosuratlarda samolyotning bino yonida, yerda yotgan dum qismi ham muhrlangan.

Nashr jurnalisti osmono‘par binodan evakuatsiya qilingan odamlar kirish joyi yaqinidagi ko‘chalarda to‘planganiga guvoh bo‘lgan. Ularning yonida o‘t o‘chirish mashinalari, politsiya avtomobillari va tez yordam ham bo‘lgan.

Ushbu hodisa fuqarolik aviatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy kompaniyaga tegishli bo‘lgan, Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sunward SA 60L Aurora” yengil sport samolyoti ishtirokida sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Xitoy rasmiylari hozircha yuz bergan voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QSHning Texas shtatida 6 kishini olib ketayotgan kichik biznes samolyoti avtomagistralga qulab, yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing