Pedri transfer qiymati reytingida Bellingemni ortda qoldirdi
Sport
−
17 mart 765 1 daqiqa
Kecha, 16 mart kuni Ispaniya La Ligasi futbolchilarining bozor qiymati yangilandi. Unda “Barselona” yarim himoyachisi Pedrining transfer narxi 10 million yevroga yuqorilab, “Real Madrid” futbolchisi Jud Bellingemni ortda qoldirdi.
Avvalgi transferlar narxi bo‘yicha Bellingemning bozor qiymati Pedrinikidan yuqori edi. Biroq, so‘nggi yangilanishga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachining narxi 10 million yevroga oshib, 150 million yevroga yetgan. Aksincha, Judning qiymati 20 million yevroga kamayib, 140 million yevroni tashkil etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz futbolchisining narxi pasayishi uning Madrid klubidagi rolining o‘zgarishi, o‘yin ritmining yetarli darajada barqaror emasligi bilan bog‘liq. Pedri esa aksincha, “Barselona” o‘yinida tobora muhim figuraga aylanib bormoqda.
Joriy mavsumda Pedri barcha turnirlar doirasida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jud Bellingem esa 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.