Pedofillarga umrbod qamoq: qonunning to‘liq matni e’lon qilindi
Jamiyat
−
20:17 627 24 daqiqa
Endi O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etganlarga shartli hukm qo‘llanilmaydi. Shuningdek, bunday jinoyatlar uchun jazoni muddatidan ilgari shartli ozod qilish imkoniyati ham cheklanadi. Jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan advokat ajratiladi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni Prezident imzolagan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonunda so‘z boradi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII sonli qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022 yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023 yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024 yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025 yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1156-modda, № 11, 1236-modda; 2026 yil, № 1, 5-modda, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 353, 354, 361-moddalar, № 6, 621, 622, 626-moddalar, № 7, 747-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
1) 50-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish yigirma yildan ortiq, lekin yigirma besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish (118-moddaning to‘rtinchi qismi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki uning ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin”;
oltinchi qismidagi “mumkin emas” degan so‘zlar “mumkin emas, bundan bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar mustasno” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
2) 51-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish (118-moddaning to‘rtinchi qismi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki uning ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi”;
3) 571-moddaning matni “(97-moddaning ikkinchi qismi)” degan so‘zlardan keyin “o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish (118-moddaning to‘rtinchi qismi), o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki uning ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning to‘rtinchi qismi)” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
4) 64-moddaning yettinchi qismi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “118-moddasi uchinchi qismi “a” bandida va to‘rtinchi qismida, 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandida va to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
5) 69-moddaning oltinchi qismi “ushbu Kodeksning” degan so‘zlardan keyin “118-moddasi uchinchi qismi “a” bandida va to‘rtinchi qismida, 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandida va to‘rtinchi qismida” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
6) 72-moddaning yettinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldiriladi:
- “Bunda shartli hukm qilish bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llanilmaydi”;
7) 73-modda to‘rtinchi qismining “g” bandi “yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik” degan so‘zlardan keyin “bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlarni qasddan sodir etganlik” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
8) 88-moddaning:
birinchi qismi:
- “v” bandidagi “maxsus o‘quv-tarbiya muassasasiga” degan so‘zlar “ta’lim tashkilotiga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasaga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
quyidagi mazmundagi “g” band bilan to‘ldiriladi:
“g) nazorat ostiga berish”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Voyaga yetmagan shaxslarning ta’lim tashkilotida, tarbiya muassasasida va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasada nazorat ostida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi”;
9) 104-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “a” bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “a) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan”;
10) 105-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining “b” bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“b) voyaga yetmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan”;
11) 118-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi”;
12) 119-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi”;
13) 129-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “b1” band bilan to‘ldiriladi:
“b1) bir guruh shaxslar tomonidan”;
14) 27610-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
- uchinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “yetti” degan so‘z bilan almashtiriladi.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021 yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022 yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023 yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024 yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1083-moddalar, № 12, 1280, 1286, 1292-moddalar; 2025 yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026 yil, № 1, 5-modda, № 4, 353, 354-moddalar, № 6, 622, 626-moddalar, № 7, 750-modda, № 8, 926-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritiladi:
1) 55-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Jinsiy zo‘ravonlikka oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan jabrlanuvchiga ushbu Kodeksning 50-moddasida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralari ko‘riladi”;
2) 60-modda:
- ikkinchi qismi “vasiylar, homiylar” degan so‘zlardan keyin “vasiylik va homiylik organining vakillari” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, vasiysi, homiysi yoki boshqa qarindoshlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ishni sudga qadar yuritishda hamda sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organining vakili ishtirok etadi”;
- uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblanadi;
3) 66-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Jinsiy zo‘ravonlikka oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan guvohga ushbu Kodeksning 50-moddasida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta’minlash choralari ko‘riladi”;
4) 91-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldiriladi:
“8) voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha voyaga yetmagan jabrlanuvchini yoki guvohni so‘roq qilish”;
5) 121-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uning ota-onasi, uni farzandlikka oluvchi, uning vasiysi, homiysi yoki boshqa qarindoshi tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ta’minlanishi shart”;
- ikkinchi – o‘ninchi qismlari tegishincha uchinchi – o‘n birinchi qismlar deb hisoblanadi;
- uchinchi qismi “jabrlanuvchi vakilining” degan so‘zlardan keyin “vasiylik va homiylik organi vakilining” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
- to‘rtinchi qismi “jabrlanuvchi vakiliga” degan so‘zlardan keyin “vasiylik va homiylik organining vakiliga” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
- sakkizinchi qismidagi “qonuniy vakil, pedagog va (yoki) psixolog” degan so‘zlar “qonuniy vakili, pedagog va (yoki) psixolog ishtirokida, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda vasiylik va homiylik organining vakili” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
- o‘ninchi qismi “qonuniy vakili” degan so‘zlardan keyin “vasiylik va homiylik organining vakili” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi;
6) 123-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
“Jinsiy zo‘ravonlikka oid jinoyat ishlari bo‘yicha voyaga yetmagan jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasida yuzlashtirish o‘tkazish surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi bilan amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblanadi;
7) 549-moddaning uchinchi qismi “asos bo‘lsa” degan so‘zlardan keyin “yoki ushbu Kodeks 60-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mavjud bo‘lgan taqdirda” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022 yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023 yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024 yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025 yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026 yil, № 1, 2, 6-moddalar, № 2, 131, 133-moddalar, № 3, 249, 250, 253-moddalar, № 4, 351, 353, 354, 355, 356, 359, 361, 364-moddalar, № 5, 496, 497, 499-moddalar, № 6, 621, 622, 626-moddalar, № 7, 747, 749-moddalar, № 8, 926-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
1) 411-modda:
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
- ikkinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
2) 47-modda:
nomidagi “tarbiyalash, ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik” degan so‘zlar “tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi yoki voyaga yetmagan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ya’ni zarur imkoniyatlar, bilim va ko‘nikmalarga, shu jumladan buning uchun tegishli xizmatlardan (tibbiy, ta’lim, ijtimoiy va boshqa xizmatlardan) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi yoki bolaga qarab turgan shaxslar) tomonidan qasddan ularning asosiy ehtiyojlarini qanoatlantirmaslik voyaga yetmagan bolaning sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishi buzilishiga olib kelsa, –
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
to‘rtinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
- beshinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
oltinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
yettinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
3) 473-modda:
- birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
- ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
- uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 1883-modda:
- birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
- ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
5) quyidagi mazmundagi 1893-modda bilan to‘ldiriladi:
“1893-modda. Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan, ushbu Kodeksning 189 va 1891-moddalarida nazarda tutilmagan axborot mahsulotini tayyorlash, taqdim etish va (yoki) tarqatish, shu jumladan uni sotish (shu jumladan obuna bo‘yicha tarqatish), ijaraga, prokatga berish, axborot-kutubxona muassasalari fondlaridan tarqatish, berish, ommaviy namoyish qilish, ommaviy ijro etish (shu jumladan efir yoki kabel uzatuvi, tomoshabop tadbirlar vositasida), telekommunikatsiya tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish, –
bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot mahsulotini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) quyidagi mazmundagi 19810-modda bilan to‘ldiriladi:
- “19810-modda. Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik yoki ijro etishga to‘sqinlik qilish
- Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik yoki ijro etishga to‘sqinlik qilish, –
- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”;
7) 245-moddaning birinchi qismidagi:
- “47-moddasining ikkinchi – yettinchi qismlarida» degan so‘zlar “47” raqami bilan almashtiriladi;
- “190” raqami “1893, 190” raqamlari bilan almashtiriladi;
- “1989” raqami “1989, 19810” raqamlari bilan almashtiriladi;
8) 247-moddaning matnidagi “ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida” degan so‘zlar “ushbu Kodeks 47-moddasining oltinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
9) 248-modda:
- birinchi qismidagi “47-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- ikkinchi qismining 4-bandidagi “47-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
10) 2481-moddaning birinchi qismidagi “47-moddasining birinchi qismida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
11) 282-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Ushbu Kodeksning 411-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan taqdirda, ikki sutka ichida prokuror tomonidan huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin bayonnoma boshqa hujjatlar va ish bo‘yicha dalillar bilan birga bir sutka ichida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi”;
- ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblanadi;
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldiriladi:
“7) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan, ushbu Kodeksning 411-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokurorning qarori”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 6, 175-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008 yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 9, 334-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019 yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020 yil, № 6, 337-modda; 2021 yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022 yil, № 5, 464-modda; 2023 yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda; 2024 yil, № 2, 115-modda, № 8, 818, 823, 828-moddalar, № 12, 1285-modda; 2026 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi:
1) 15-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
- ularning zimmasiga jabrlanuvchidan uzr so‘rash, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash yoki uning oqibatlarini bartaraf etish yoxud nazorat ostiga berish majburiyatini yuklatish – sud tomonidan;
- voyaga yetmaganlarning qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi belgilangan ta’lim tashkilotiga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasaga ularni joylashtirish – tasarrufida ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar hamda ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1961-modda bilan to‘ldiriladi:
“1961-modda. Nazorat ostiga berish
Sud o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsni ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yoxud voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar rahbarlariga nazorat ostiga berishi mumkin.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs nazorat ostida bo‘lib turgan davrida huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, sud unga nisbatan belgilangan nazorat ostida bo‘lish chorasini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 88-moddasi birinchi qismi «v» bandida nazarda tutilgan majburlov chorasiga o‘zgartirishi mumkin”;
3) 197-modda quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“197-modda. Ta’lim tashkilotlariga, tarbiya muassasasiga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasaga joylashtirish
Voyaga yetmagan shaxslar qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi belgilangan ta’lim tashkilotlariga, tarbiya muassasalariga va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
Voyaga yetmagan shaxslarning qonunchilikka muvofiq joylashtirilishi belgilangan ta’lim tashkilotlarida, tarbiya muassasalarida va ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda bo‘lishi tartibi va shart-sharoitlari, ulardagi o‘quv jarayonlarini va tarbiyaviy ta’sirga oid ishlarni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabrda qabul qilingan «Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida»gi O‘RQ–263-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010 yil, № 9, 343-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, № 1, 5-modda; 2023 yil, № 4, 265-modda; 2024 yil, № 8, 823-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
1) 6-moddaning sakkizinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini yoki boshqa bolalar muassasalarini o‘zboshimchalik bilan tark etgan yoxud” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
2) 11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
3) 12-modda:
- birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;
uchinchi qismining:
- uchinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarini” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- yettinchi va sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlanadi;
- sakkizinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;
4) 13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
5) 14-modda chiqarib tashlanadi;
6) 16-modda birinchi qismining:
- to‘qqizinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;
- o‘ninchi – o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha to‘qqizinchi – o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblanadi;
7) 171-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
8) 19-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
9) 20-modda birinchi qismining:
- to‘rtinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida yoki” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelganlar” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- 10) 24-moddaning ikkinchi qismidagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasi yoki ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida” degan so‘zlar “Ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
- 11) 5-bob chiqarib tashlanadi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 3 dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–378-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ–445-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017 yil, № 9, 509-modda; 2018 yil, № 1, 5-modda; 2020 yil, № 3, 199-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2024 yil, № 9, 964-modda; 2026 yil, № 5, 497-modda) 27-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
- “Ommaviy qabullar vaqtida davlat organining rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxsiga kelib tushgan hamda joyida hal etilgan og‘zaki murojaatlarga, shuningdek xotin-qizlarga va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatchining javob xati yubormaslik haqidagi talabi mavjud bo‘lgan murojaatlarga yozma javob yoki elektron shakldagi javob talab etilmaydi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ–406-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 271-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, № 1, 5-modda; 2024 yil, № 9, 964-modda; 2025 yil, № 12, 1329-modda; 2026 yil, № 6, 626-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
1) 22-moddaning:
- to‘rtinchi qismidagi “va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- beshinchi qismidagi “va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
2) 27-modda ikkinchi qismining:
- yettinchi xatboshisi chiqarib tashlanadi;
- sakkizinchi – o‘n birinchi xatboshilari tegishincha yettinchi – o‘ninchi xatboshilar deb hisoblanadi;
- yettinchi xatboshisidagi “va ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–407-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 9, 272-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019 yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021 yil, 4-songa ilova; 2022 yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda; 2023 yil, № 7, 537-modda; 2024 yil, № 3, 244-modda, № 9, 958, 964-moddalar; 2024 yil, № 12, 1291-modda; 2025 yil, № 12, 1329-modda; 2026 yil, № 1, 2-modda, № 4, 355-modda, № 5, 499-modda, № 8, 927-modda) 16-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
- yigirma ikkinchi xatboshidagi “voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- o‘ttizinchi xatboshidagi “yashash, tarbiyalanish va ta’lim olish uchun alohida sharoitlarga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 28 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ–798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022 yil, 10-songa ilova; 2023 yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024 yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda; 2025 yil № 2, 193-modda, № 6, 730-modda, № 11, 1233-modda, № 12, 1321, 1329-moddalar; 2026 yil, № 6, 621-modda, № 7, 747-modda) 161-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldiriladi:
- “51) bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi”.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 16 iyunda qabul qilingan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–848-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023 yil, № 6, 447-modda; 2026 yil, № 4, 358-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritiladi:
1) 9-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldiriladi:
- “6) zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalar – ular tegishli protsessual harakatlarga jalb etilgan vaqtdan e’tiboran”;
2) 11-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldiriladi:
- “Zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda ko‘rsatiladi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 29 fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘RQ–917-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024 yil, № 2, 117-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
1) 12-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
2) 20-moddaning birinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
3) 27-moddaning:
- nomidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- birinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- ikkinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- uchinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi;
- to‘rtinchi qismidagi “ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Live
Barchasi