Pedofil amaldorlarga hukm o‘zgarishsiz qoldirilganiga munosabat bildirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga nisbatan jazo o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.  Holat yuzasidan Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ ga o‘z munosabatini bildirdi. 

“Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ushbu ish ko‘rib chiqilmoqda. Ayni paytda jarayon davom etyapti. Tugamadi. Hali bu masalada sudning na qarori va na yangi hukmi e’lon qilinmagan. Tarmoqlarda tarqalayotgan axborotlar xato va asoslanmagan”, — deydi Aziz Obidov.

Bundan tashqari u, sudlar to‘g‘risidagi Qonunning 66-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga haqli emasligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Mashhura Imomova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing