Pedagogika universiteti “zamdekan”i tajovuz qilgan talaba qizning ahvoli qanday?

3-sahifa

image

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-qavat oynasidan itarib yuborilgan talaba qizning salomatligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jiddiy nazoratga olingan. Unga barcha zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilyapti va muolaja jarayonlari davom etmoqda. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bemor M.K. joriy yilning 18 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Tezkor tekshiruvlar natijasida unga katatravma, qo‘shma jarohat, o‘ng o‘tirgich va qov suyaklarining sinib siljishi, quymuch suyagining o‘ng tomonda sinib qoniqarli turishi, beshinchi bel umurtqasi yon o‘sig‘ining sinib qoniqarli turishi, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona sohasi ezilib yirtilgan jarohati, travmatik shok ikkinchi darajasi tashxislari qo‘yilgan.

Bemor olib kelinganida peshona sohasiga birlamchi jarrohlik ishlovi berilib, tikilgan. Shokka qarshi amaliyotlar o‘tkazilib, markazning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng mazkur bo‘limda belgilangan standartlar asosida unda qator terapiya amaliyotlari bajarilgan.

Shuningdek, har kuni jarohatiga xirurgik ishlov berilgan. Uch kun davomida dinamikada UZI qilingan. Qon tahlillari tekshirilgan. Qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilingan.

Hozir bemorning dinamikada ahvoli qoniqarli. Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markazining tajribali shifokorlari tomonidan muolajalar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 oktyabr kuni Mushtaribonu Kamilova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev xonasiga kirgan. Dekan xonasidan hamma chiqib ketgach, eshikni qulflab, unga tegajog‘lik qilgan. Qizni divanga yotqizmoqchi bo‘lganda, u qarshilk ko‘rsatgan va deraza oldiga borib qolgan. Niyatiga yetolmagan Bog‘abek Yo‘ldoshev uni itarib yuborgan.

Hozirda Bog‘abek Yo‘ldoshev yo‘ldoshev hibsga olingan. Holat bo‘yicha Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1031

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing