Pedagogika sohasida 8 ta institut va 2 ta universitet tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda pedagogiga ta’lim sohasi yo‘nalishida sakkizta institut va ikkita univeritet tashkil etildi. Bu haqda Prezidentning "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qabul qilingan qarorida belgilangan. 

Qarorga muvofiq:

•  Urganch davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
•  Namangan davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
•  Guliston davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
•  Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti; 
•  Andijon davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
•  Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
•  Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
•  Qarshi davlat universiteti Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
•  Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
•  Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing